"Real" ushbu transfer oynasida yarim himoyachi Donni van de Bek bilan shartnoma imzolamaydi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Ayaks" rahbariyati 22 yoshli gollandiyalik futbolchining transferini 2020-yilgacha qoldirishni so'ragan. Sababi bu yozda ko'plab futbolchilar Amsterdam klubini tark etishgan.
Eslatib o'tamiz, Donni van de Bek o'tgan mavsumda "Ayaks" safida 57 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta gollik uzatma amlaga oshirdi.
Shuningdek, Van de Bekning "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi.