Yarim himoyachi APLda to'p surishi mumkin edi.
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos 2014-yilda "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishiga yaqin qolganligini tan oldi.
"MYu meni sotib olishni istayotganini bilardim va Moes bu shartnomani qo'llab-quvvatlagan edi. Biz "Yunayted" futboli haqida ko'p gaplashdik va ular meni ishontirishga muvaffaq bo'lishdi. Hamma yaqinlarim "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolashimga rozi edilar. Oxirida men og'zaki rozilik berdim.
"Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lishga yaqin edim, ammo bu sodir bo'lmadi. To'g'ri, menda afsuslanish uchun hech qanday sabab yo'q. Ishonch bilan aytishim mumkin, men "Manchester Yunayted" bilan uch marta Chempionlar Ligasida g'olib bo'lmas edim", - deya Kroos Marca nashrida.