"Real" himoyachisi Eder Militao Madrid jamoasidagi debyutidan mamnun bo'ldi.
O'rtoqlik uchrashuvida "Real" "Zaltsburg"ni mag'lub etdi (1: 0).
- Bu o'zgacha tuyg'u. Men dunyoning eng yaxshi jamoasida debyut qildim, - deya A Bola Militaoning so'zlaridan iqtibos keltiradi. - Juda xursandman. Biroq men hali ko'p narsalarni o'rganishim kerakligini tushunaman.
Ma'lumot uchun, Militao ushbu yozda "Portu"dan "Real"ga 50 million evro evaziga ko'chib o'tdi.