Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Real" Avstriyaning "Zaltsburg" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Benzema hisobnii ochishi mumkin edi. Frantsiyalik futbolchi Azarning uzatmasidan keyin darvozagacha 5-6 metr masofadan to'pni qabul qilib, zarba berdi. To'p esa darvozabondan maydonni tark etdi. Oradan 5 daqiqa o'tib hisob ochildi. Azar chap qanotdan oldinga yurib, markaz tomon surildi va olis burchakni aniq nishonga oldi.
Tomonlar tanaffusga qadar bittadan yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Minamino yaqin masofadan "Real" darvozasi tomon aniq zarba bera olmagan bo'lsa, Eden Azar yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni dog'da qoldira olmadi.
Ikkinchi bo'limda to'shp nazorati madridliklar tomonida bo'lgan bo'lsa-da, xavfli vaziyatlar yaratish bo'yicha ustunlik avstriyaliklar tomonida bo'ldi. Ammo o'yin oxiriga qadar darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.
O'rtoqlik o'yini
Zaltsburg Red Bull Avstriya – Real Madrid Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 19 Azar.
Red Bull – Stankovich (Karlos, 46), Nissen Kristensen (Farkash, 59), Ramalo (Falltsi, 46; van der Verff, 75), Ongene (Mensa, 46), Ulmer (Okugava, 46), Samasseku (Ashimeru, 46), Berned (Yunuzovich, 46), Soboslai (Diarra, 46; Kamara, 76), Minamino (Mvepu, 46), Xoland (Daka, 46), Koyta (Xvan Xi Chxan, 46).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 76), Varan, Militao (Nacho, 46), Marselo, Isko (Vaskes, 76), Kroos, Azar (Yovich, 62), Kazemiro (Valverde, 46), Ramos, Benzema (Vinisius Junior, 76).
Ogohlantirishlar: Varan (54), Mvepu (63), Karvaxal (64), Farkash (72), Valverde (81), Nacho (85).