«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl «Bavariya»ga o'tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, myunxenliklar transfer oynasi yopilgunga qadar uelslik futbolchini ijaraga olishni reja qilishmoqda. Adidas kompaniyasi mazkur transferni amalga oshirishda yordam berishi mumkin. Bu kompaniya «Real» va «Bavariya» klublari, shuningdek, Beyl bilan hamkorlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Evropada transfer oynasi 2 sentyabr kuni yopiladi.