Evropaning top-klublari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasida ishtirok etishganidan xabaringiz bor. Lissabonning "Benfika" klubi muddatidan avval ushbu turnir g'olibiga aylanishdi.
Portugaliyaliklar 3ta o'yinda maydonga tushib, ularning barchasida g'alaba qozonishdi. "Burgutlar" Meksikaning "Gvadalaxara" (3:0), Italiyaning "Fiorentina" (2:1) va "Milan" (1:0) klublarini mag'lub etishdi.
Musobaqada ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" (8 ochko) bilan etgan bo'lsa, uchinchi o'rin "Arsenal" (7 ochko)ga nasib etdi.
Xalqaro chempionlar kubogi jadvali quyidagicha:
1. "Benfika" — 9
2. "Manchester Yunayted" — 8
3. "Arsenal" — 7
4. "Bavariya" — 6
5. "Atletiko" — 5 (2ta o'yin)
6. "Tottenxem" (2ta o'yin) - 3
7. "Fiorentina" — 3
8. "Yuventus" (2ta o'yin) - 2
9. "Real" — 2
10. "Inter" (2ta o'yin) - 1
11-12. "Milan", "Gvadalaxara" — 1.