Ushbu yozda «Real» safiga qo'shilgan yarim himochisi Takefusa Kubo transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etishi mumkin.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «yangi Messi» nomini olgan 18 yoshli futbolchiga 5ta klub da'vogarlik qilmoqda. Ulardan biri sifatida «Valyadolid» tilga olinmoqda. Bu jamoa yaponiyalik futbolchini ijaraga olishni istamoqda.
Kubo 2011-2015 yillarda «Barselona» akademiyasida tarbiyalangan. Ammo «Real» unga yaxshiroq shaxsiy shartnoma taklif qilib, kataloniyaliklardan uni olib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Kubo «Real»ning ikkinchi jamoasi hisoblangan «Kastilya»da o'ynashi kutilmoqda. Odatda bu jamoadagi futbolchilarning yillik maoshi 130 ming evroga teng. Ammo "Qirollik klubi" rahbariyati unga 1,2 mln evro yillik maosh to'laydi.