“Real Madrid”ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin jamoani tark etishga yaqin. Bu haqida Fichajes xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar darvozabonini La Liga debyutanti “Malorka”ga ijaraga olishni taklif qilishgan. “Real” darvozabonni o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berishga tayyor. Madridliklar safida Tibo Kurtua asosiy posbon sanaladi, ikkinchi darvozabon Keylor Navas esa jamoada qolishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Lunin o'tgan mavsumni ham “Leganes” safida ijarada o'tkazgan edi. U 7ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol o'tkazib yuborgandi.