«Barselona» klubi sobiq sardori Karles Puyolning ta'kidlashicha, «Real» u bilan shartnoma imzolash uchun 2 marta urinib ko'rgan.
«Ular men bilan shartnoma imzolash uchun ikki marta harakat qilishgan. Lekin men o'sha paytda jahonning eng yaxshi jamoasida edim. Men "Barsa" safida sovrinlar yutishni istaganman. Shu bois, klubdan ketmaganman», – dedi Puyol.
Uning so'zlariga ko'ra, «Real» 2001/02 va 2004/05 mavsumlarda unga taklif bilan chiqqan. 2008 yilda Puyol jamoaga sodiqligi uchun sovrin bilan mukofotlangan.
Puyol 1999-2014 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilib, shundan so'ng faoliyatini yakunlagan. U 6 marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.