«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Audi Cup musobaqasi doirasida bo'lib o'tgan «Tottenxem»ga qarshi o'yindan (0:1) keyin Garet Beyl haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi mazkur turnir uchun qaydnomaga kiritilmadi.
«Beyl formada bo'lmagani uchun musobaqaga tashrif buyurmadi. Biz shifokorlar bilan maslahatlashgan holda uni Madridda qoldirishga qaror qildik. Garet u erda o'zi mustaqil shug'ullanmoqda. Bu futbolchi, shifokorlar va murabbiyning o'zaro kelishgan holda qabul qilgan qarori bo'ldi», – dedi Zidan.