Germaniyada Audi cup musobaqasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ga imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida hisob ochildi. Harri Keyn darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va Navasni dog'da qoldirdi. Tanaffusga qadar madridliklar ko'proq hujum uyushtirishdi, ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Jumladan, Benzema yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.
Ikkinchi bo'limda londonliklar raqibga ko'p hujum qilish imkonini berishmadi. Aksincha, o'zlari 2ta qulay imkoniyat yaratishdi. Keylor Navas har ikkala vaziyatda "Real"ni muqarrar gollardan qutqardi.
Shu tariqa, "Tottenxem" Audi cup finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o'yinda "shporlar" "Bavariya" - "Fenerbaxche" juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi. "Real" esa ertaga uchinchi o'rin uchun o'yinda ishtirok etadi.
Audi cup, yarim final. 21:00
«REAL» - «TOTTENXEM» – 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – Keyn (22)
«Real»: Navas, Karvaxal (Odriosola, 80), Ramos, Varan (Nacho, 65), Marselo (De La Fuente, 80), Lukas Vaskes (Valverde, 65), Kroos (Vinisius, 64), Modrich (Seonane, 80), Azar (Isko, 80), Benzema (Mariano, 80), Rodrigo (Kubo, 80).
«Tottenxem»: Gassaniga (Loris, 46), Foyt (Tanganga, 46), Alderveyreld (Lukas, 46), Vertongen (Sanches, 46), Rouz (Georgiu, 46), Uinks (Uoker-Piters, 46), Ndombele (Sissoko, 46), Lamela (Alli, 46), Eriksen (Skipp, 46), Son (Nkudu, 66), Keyn (Parrott, 66).