«Real» yarim himoyachisi Eden Azar ta'tildan so'ng jamoa safiga ortiqcha vazn bilan etib keldi. Ispaniyalik jurnalist Diego Torres tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik futbolchi me'yoridan ortiqcha 7 kilo vaznga ega bo'lgan.
28 yoshli futbolchi yozgi transfer paytida «Chelsi»dan «Real» safiga 100 million evro evaziga o'tgandi. U «Qirollik klubi» bilan 2024 yilning yoziga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekdi.
Mavsumlar oralig'ida Azar «Real» safida uchta o'yinda maydonga tushdi. Bu o'yinlarning ikkitasida madridliklar mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar, bitta o'yin durang bilan yakunlandi.