"Real" prezidenti Florentino Peres ushbu yozda yarim himoyachini sotmaslikka qaror qildi.
AS xabariga ko'ra, "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat va Marko Asensioning jarohati sababli, Peres Xames Rodrigesni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Shuningdek, bugun Rodriges "Real" bilan mashg'ulotlarni boshladi. Avvalroq kolumbiyalik yarim himoyachi "Atletiko" va "Napoli" jamoalari qiziqishi doirasida edi.