«Real» yarim himoyachisi Xames Rodrigesning «Atletiko»ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Atletiko» klubi 28 yoshli futbolchining transferi borasida "Qirollik klubi" bilan kelisha olmayapti. "Matraschilar" mazkur transferdan deyarli umidini uzdi.
«Qaymoqranglilar» La ligadagi asosiy raqibining kuchayishini istamayapti. Xususan, International Champions Cup doirasida yirik hisobdagi mag'lubiyatdan (3:7) keyin. Shu bois, madridliklar Xamesni «Napoli»ga sotishni ko'zlashmoqda.