"Real" hujumchisi Garet Beyl jamoada qoladi. Bu haqda jurnalist Devid Ornstayn o'zining Twitter'dagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati futbolchini Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubiga sotish qaroridan voz kechdi. Shu bois, uelslik futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etmaydigan bo'ldi.
Beylning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. U "qaymoqranglilar" safida eng ko'p yillik maosh oladigan futbolchi hisoblanadi — 17 million evro.
Avvalroq "Madrid" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bayonot berib, Beyl jamoani tark etsa, bu barchaga yaxshi bo'lishini ta'kidlagan edi.