«Betis» yarimhimoyachisi Dani Sebalos Ispaniya grandlari - «Barselona» va «Real» e'tiboriga tushgan.
Sport_es xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida ishtirok etib, finalgacha etib bordi. Unda jamoa Germaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Mutaxassislar orasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, Sebalos musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning hisobida 5ta gol va 1ta golli uzatma bor.
O'tgan mavsumda, Sebalos «Betis» tarkibida Primerada 30 o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.