Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Real» hamshaharlari «Atletiko»ga yirik hisobda (3:7) imkoniyatni boy berdi. AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan futbolchilar bilan gaplashish uchun kiyinish xonasiga kirmagan.
Murabbiy o'yindan keyin dastlab matbuot anjumaniga kirgan bo'lsa, shundan so'ng klub avtobusi tomon yo'l olgan. «Real» futbolchilari esa Zidanni kiyinish xonasida kutib turishgan.
«Real» yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy o'yinni 18 avgust kuni «Selta»ga qarshi o'tkazadi.