"Real" darvozaboni Tibo Kurtua matbuotga bergan intervyusida kelasi mavsumda jamoaning asosiy posboni kim bo'lishini aytdi.
"Murabbiy darvozabon tanlashiga to'g'ri kelmaydi. Boisi, "Real"da birinchi raqam egasi menman. Hozirda men yaxshi formadaman. Sidqidildan shug'ullandim. Organizmimda yoq miqdori 8,8 foizdan 8,1 foizga kamaydi. Shunday ruhda davom etaman, deb umid qilaman.
Men Azar va Ronalduni o'zaro taqqoslamayman. Edenga "Real" va Belgiya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisiga aylanishini tilayman", - dedi Kurtua.
27 yoshli 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 35ta o'yinda maydonga tushib, 48ta to'p o'tkazib yubordi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.