Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tayotgani haqida gapirib o'tdi.
“O'ylashimcha, hozir birinchi raqamli darvozabon kim ekanligi aniq bo'lib bo'ldi. Men o'zimni yanada kuchliroq his qilyapman.
Yozgi tanaffus vaqtida yaxshi tayyorlandim. O'tgan mavsum yakunida mening organizmimdagi yog' qatlami 8,8 foizni tashkil qilgan edi.
Ushbu yozda esa 8,1 foiz bilan yig'inga kirishdim. Bu ko'rsatkichga erishishim uchun bir oy vaqt ketdi.
Ayni damda o'zimni yaxshi his qilyapman va umid qilamanki hammasi shunaqa davom etadi”, - deydi belgiyalik posbon