Braziliyalik Lukas Silva Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
"Real" yarimhimoyachisi Lukas Silva "Jenoa"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Janluka Di Martsio.
Silva "Real"ga 2015 yilning yanvarida ko'chib o'tgan va "Real" bilan bir yillik shartnomaga ega.
Lukas "Real"da o'rnini topa olmadi, natijada "Marsel" va "Kruzeyro"da ijarada to'p surdi.
Ma'lumot uchun, 2016 yilning yozida Silva hatto yurak muammolari tufayli faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi, ammo ertasi kuni buni rad etdi va kuzda butunlay sog'lom ekanligini e'lon qildi.