«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi bo'lib o'tgan bahsdan so'ng Garet Beylning o'yiniga baho berdi.
Uelslik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida Eden Azarning o'rniga maydonga tushdi va 56-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«Beyl bugun yaxshi o'ynadi. Boshqa futbolchi kabi uning uchun xursandman. U biz bilan va ishlashda davom etmoqda. Biz 10ga 10 o'ynaganimizga nisbatan bir kishi kam bo'lib qolganimizda yaxshiroq harakat qildik. Keyinchalik nima bo'lishini bilmayman. Garet o'ynashni istamoqda. Avvalgi o'yinda bunday bo'lmagandi.
Men u bilan hali gaplashmadim. U mashg'ulotda yaxshi ishladi. Shuning uchun bugun maydonga tushirildi. Ammo vaziyat o'zgargani yo'q», – dedi Zidan.