"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Arsenal"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Shundan so'ng 63-daqiqada jarohat oldi va maydonni zambilda tark etdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Asensioning chap tizzasidagi mushak bog'lamlarida uzilish ro'y bergan bo'lishi mumkin. Ushbu taxmin o'z tasdig'ini topsa, futbolchi 8-9 oy mobaynida maydonga tusha olmaydi.