«Real» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett madridliklar futbolchini ijaraga berishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Avvalroq «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan intervyu berib, klub tezroq Beyldan qutulishi kerakligi haqida gapirgandi. Shundan so'ng Barnett frantsiyalik mutaxassisni "sharmanda", deb atadi. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Beylga Xitoy klublari tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
«Hech qanday vaqtinchalik shartnomalar bo'lmaydi. Garet – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Kafolat berishim mumkinki, u hech bir jamoaga ijara asosida o'tmaydi.
Beyl – «Real» o'yinchisi va hozircha shundayligicha qoladi. Agar munosib taklif tushsa, vaziyat o'zgarishi mumkin. U ertagayoq yoki bir haftadan keyin Madridni tark etishi mumkin. Yoxud navbatdagi 3 yil davomida — shartnoma yakuniga qadar Garet «Real» o'yinchisi sifatida qoladi», – dedi Barnett.