«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yarim himoyachi Garet Beylning klubdan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berib o'tdi.
«O'yinchilar — klubning eng muhim qismi. Men ularni hamisha qo'llab-quvvatlayman.
Garet «Bavariya»ga qarshi o'yinda maydonga tushishdan bosh tortdi. U menga aytdiki: "Agar klub mening jamoadan ketishim borasida muzokara olib borayotgan ekan, men maydonga tushishni istayman". U odatdagidek mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Ko'ramiz, ertaga nima bo'ladi», – dedi Zidan.