Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi Garet Beyl va Neymar masalasiga oydinlik kiritishni istamadi. Shunchaki, uning kelajagi borasida havotirlanmayotganini bildirgan.
“Bizning rejalarimiz? Men xozir divanda o'tirib, golf bo'yicha jahon chempionatini tomosha qilmoqchiman. Chunki, Beyl kalaka qilinadigan futbolchilardan emas va uning kelajagidan sira havotirda emasman. Uning borasida nega keskin qaror qabul qilyotganini Zidandan so'rang, mendan emas. Angliya va Xitoydan takliflar? Uzr, bu haqida gapirishni istamayman.
Eslatib o'tamiz, Zidanning “Beylga nisbatan shahsiy adovatim yo'q, shunchaki o'zgarishlar vaqti keldi. U bugunoq ketsa, yanayam yaxshi edi”, degani ko'pchilik tomonidan muzokaralarga sabab bo'lib ketdi. Hatto bu borada Xabi Alonsa Raul' Gonsales va Krishtianu Ronaldu Iker Kasil'yasni eslab o'tgan.