"Real" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olish bo'yicha taklif tayyorladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" parijliklarga Garet Beylni beradi va yana 90 million evro pul to'lamoqchi. "Pari Sen-Jermen" ham bunday almashuvga qarshi emas. Faqat barcha narsa "Real" to'lab beradigan qo'shimcha pul miqdoriga bog'liq.
Eslatib o'tamiz, Neymar yozgi transfer paytida "Barselona"ga o'tishni istayotgan edi. Kataloniyaliklar transferni to'laqonli sotib olish imkoniyatiga ega bo'lmagani bois, ular ham "PSJ"ga ikki futbolchi va ma'lum miqdorda pul taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.