“Real” vingeri Garet Beyl “Bavariya”ga qarshi nima uchun o'ynamagani ma'lum bo'ldi.
Radio Estadio nashrining xabariga ko'ra, futbolchi agenti Jonatan Barnetta iltimosiga ko'ra mazkur bahsda maydonga tushmagan.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini Xitoy klubida boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Tszyansu Sunin” klubi Beylga yiliga 17 million evro maosh taklif qilgandi.