"Real" hujumchisi Garet Beyl faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Beytszin Goan" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bu klub uelslik futbolchiga 24 million evro yillik maosh taklif qilmoqda. Uning "Real"dagi maoshi 17 million evroga teng. Beyl mazkur taklifga rozilik bersa, u Xitoy chempionatining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" bosh murabbiyi Zidan va futbolchining agenti hozirda Beylni boshqa jamoaga transfer qilish yuzasidan ish olib borilayotganini tasdiqladi.