«Real» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni tanqid ostiga oldi.
«Beyl Madridni tark etishga yaqin turibdimi? Biz buning ustida ishlayapmiz. Zidan – sharmanda. U "Real" uchun ko'p narsa bergan futbolchini hurmat qilmadi», – dedi Barnett.
Beyl 2013 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. U madridliklar safida jami 231ta o'yinda maydonga tushib, 102ta gol urdi va 65ta golga uzatma berdi.