Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Ancha qiziqarli va golli vaziyatlarga boy bo'lgan o'yinda Niko Kovach shogirdlarining qo'li baland keldi.
Uchrashuv davomida Zidan jamoasi ham ko'plab vaziyatlarni yaratishdi, ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Myunxenliklar esa yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanib, raqibni mag'lub etishdi.
Birinchi bo'limda Tolisso "Bavariya"ning chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunlagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida ular "Real" darvozasini ikki marta ishg'ol qilib, amalda o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi.
O'yinning 81-daqiqasida "Bavariya" futbolchisi Ulrayx maydondan chetlatilgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib madridliklarning yangi futbolchisi Rodrigo jarimadan darvozani ishg'ol qildi.
International Champions Cup
Bavariya Germaniya – Real Madrid Ispaniya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 15 Tolisso, 2:0 – 67 Levandovski, 3:0 – 69 Gnabri, 3:1 – 84 Rodrigo.
Bavariya – Noyer (Ulrayx, 46), Kimmix, Alaba (Tsayzer, 73; Xoffmann, 83), Boateng, Tolisso (Singx, 72), Martines (Zyule, 46), Sanshesh (Pavar, 46), Alkantara (Gorettska, 59), Koman (Devis, 59), Myuller (Levandovski, 46), Arp (Gnabri, 46).
Real Madrid – Kurtua (Navas, 46), Varan (Adri, 46), Ramos (Nacho, 46), Marselo (Mendi, 46), Karvaxal (Xavi, 46), Modrich (Seoane, 46), Isko (Rodrigo, 46), Asensio (Vaskes, 46), Kroos (Kubo, 46), Azar (Vinisius Junior, 46), Benzema (Yovich, 46).
Ogohlantirishlar: Kimmix (51), Gorettska (90).
Chetlatish: Ulrayx (81).