Saudiya Arabistonida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijaraga olish rejalashtirilmoqda.
Mirror xabariga ko'ra, jahon futboli yulduzi bilan uchrashishni xohlagan shaxs 920 ming funt to'lasa kifoya, u bilan 4 soat vaqt davomida birga bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonining nomi tilga olinmagan bir kompaniyasi bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi. Kompaniya vakillari 920 ming funt to'lab, Ronaldu bilan 4 soat davomida birga bo'lib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ikkita xabar qoldirish, Ronalduning dastxati tushirilgan 5ta futbolkani qo'lga kiritish va fotosessiya uyushtirish imkoniyatiga ega bo'lmoqchi. Bundan tashqari, kompaniya 1 kun davomida uning fotosuratidan mahalliy reklamalar uchun foydalanish huquqini ham qo'lga kiritmoqchi.