«Real» yarim himoyachisi Eden Azar «Bavariya»ga qarshi bo'lib o'tgan Xalqaro chempionlar kubogi bahsini boshlang'ich tarkibda boshladi. 28 yoshli futbolchi bugungi o'yin orqali madridliklar safida debyut qildi.
Belgiyalik futbolchi maydonga 50-raqamli futbolkada maydonga tushdi. Oyga inson qadami etganiga 50 yil to'lishi munosabati bilan Azar bunday raqamda o'ynadi.
Azar hozircha o'ziga raqam tanlamadi. U olishni istayotgan 10 va 7-raqamlar hozirda band. Avvalroq Marca nashri futbolchi 23-raqamni tanlashi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
Ma'lumot o'rnida. AQShning «Apollon-11» kosmik kemasi 1969 yilning 20 iyul kuni Oyga qo'ngan edi.