Madrid yaqinidagi Alkobendas shahri kengashi bugun, 19 iyul kuni navbatdan tashqari kengash o'tkazib, «Real» sardori Serxio Ramosga tegishli Aguileña de Inversiones SA kompaniyasini jarimaga tortdi.
Ushbu kompaniya yoshi 100 yildan oshgan daraxtlarni kesgani bois, 250 ming evro miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi. Bundan tashqari, bu tashkilot qirqilgan daraxtlarning o'rnini qoplash maqsadida yosh ko'chatlarni taqdim qilishi lozim.
Aguileña de Inversiones SA kompaniyasi 2017 yil so'ngida 60tadan 90tagacha bo'lgan turli daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan. Ularning aksariyati katta o'lchamda bo'lgan.