"Real" yozgi transfer davrida Xames Rodrigesni sotib yuborishni ko'zlamoqda. 50 mln evro to'laydigan klub topilsa, "Qirollik klubi" kolumbiyalik futbolchini berib yuboradi. Bu narxni "Real" prezidenti Florentino Peres belgiladi.
"Atletiko" va "Napoli" klublari 28 yoshli futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib turishibdi. Peres futbolchini hamshaharlariga sotishni istamayapti. Lekin "Atletiko" bu summani to'lashga rozi bo'lsa, rahbariyat bu transferga e'tiroz bildirmaydi.
Eslatib o'tamiz, Xames so'nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o'tkazdi. U "Real" safiga qaytganidan keyin Zidan unga asosiy tarkibdan joy kafolatlamasligini ma'lum qildi.