«Real» ushbu yozgi transfer paytida Pogbani xarid qilmaydigan bo'ldi. Jamoa prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Zayniddin Zidanga bu haqda o'z fikrini ma'lum qildi.
ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, Zidan rahbariyatdan Pogbani qo'lga kiritish uchun yana bir marta harakat qilib ko'rishni so'ragan. Ammo rahbariyat mutaxassisga vaziyatni tushuntirib bergan: klub yozda yangi futbolchilarni sotib olish uchun 300 million evro sarfladi. Shu bois, yana bir ulkan transferni amalga oshirish va Pogbaga yuqori maosh to'lash uchun "Real"da boshqa pul yo'q.