"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich o'zining kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi faoliyatini "Madrid"da davom ettirishga qaror qildi. Avvalroq Modrichga "Milan" klubi qiziqish bildirgandi.
Luka Modrich va "Real" o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta go urdi va 9ta golga assistentlik qildi.