«Real» klubi hujumchisi Garet Beyl jamoani bepul tark etishi mumkin. Futbolchining agenti Jonatan Barnett "Qirollik klubi" oldiga shunday talabni ilgari surdi. Uelslik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Beylga ishonch bildirmoqchi emas. O'z navbatida, klub 3 yil davomida katta maosh to'lashdan qutulish maqsadida o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishi mumkin. Futbolchining yillik maoshi 14 million evroga teng.
Garet erkin agent maqomini qo'lga kiritganidan keyin, uning agenti futbolchining keyingi klubidagi maoshi kamida hozirgidek bo'lishiga erishmoqchi.