"Real" ustozi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres Vinisius Juniorning taqdiri borasida kelisha olishmayapti.
Xabarlarga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis 19 yoshli futbolchini to'liq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga bermoqchi. Klub rahbariyati esa Juniorni "Real"ning etakchi futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi.