“Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning “Napoil”ga transferi so'roq ostida turibdi.
“Futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishildi, asosiy muammo “Real”. Shuningdek, biz ularning talablarini qabul qilmaymiz.
Biz tarkibni kuchaytirish ustida ishlayabmiz. Ammo biz buni amalga oshirishda xato qilmoqchi emasmiz”, -deydi klub perzidenti Aurelio De Laurentis.
Eslatib o'tamiz, “Real” futbolchi transferidan 42 million evro ishlab olmoqchi.