"Betis" yarimhimoyachisi Daniel Sebalyos kelajagi haqida yozgi ta'tildan so'ng bir qarorga kelishini aytib o'tdi. 20 yoshli futbolchining xizmatlariga hozirda "Real" va "Barselona" da'vogarlik qilmoqda.
"Hozir mening kayfiyatim yo'q va men kelajagim haqida o'ylamayapman. Futboldan uzoqlashni xohlayman va oilam bilan birga bo'lmoqchiman. 2 haftadan so'ng mashg'ulotlarga qaytamiz va keyin kelajak haqida bir qarorga kelaman. Yaqin haftalarda esa menga tinchlik kerak." - deydi 21 yoshgacha Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi.