"Real" muxlislari "AS" nashrining muqovasidagi suratdan norozi bo'lishdi. Suratda asosiy fonda Azarning tibbiy ko'rikdan o'tayotgan holati tasvirlangandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga esa bu suratning fotoshop ekanligi yoqmagan. Muxlislar aniqlashdiki, muqovadagi suratda faqat bosh Azarniki, gavda esa Benzemaniki. Benzema ham Azar bilan bir vaqtda tibbiy ko'rikdan o'tgandi.
Muxlislarning fikricha, bu Azardagi ortiqcha vaznni yashirish uchun qilingan. Ular Azarni noprofessionalizmda ayblashyapti. FOTOShOP