"Real" yarim himoyachisi Isko jamoasi bilan Monrealga uchmaydi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, xavbek xotini, aktrisa Sara Salamoning homiladorligi tufayli Kanadaga bormaydi. Sara yaqin kunlarda ona bo'lish arafasida.
Isko keyinchalik jamoaga qo'shiladi va bu borada bosh murabbiy Zidan bilan kelishgan.