"Real" futbolchisi Garet Beyl Xitoy klubidan juda yaxshi taklif oldi.
"El Chiringuito" nashriga ko'ra, nomi oshkor qilinmayotgan klub 29 yoshli futbolchiuchun yiliga deyarli 70 mln evro maosh to'lashga tayyor. Agar Beyl shu klubga o'tsa, dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Ammo xitoy klubi Beylni deyarli tekinga qo'lga kiritmoqchi. "Real" esa bunga ko'nmaydi.