"Real" yarimhimoyachisi Hames Rodrigesning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
AS xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchiga "Napoli" va "Atletiko" asosiy da'vogar bo'lib turishibdi. Bunda "Qirollik klubi" 27 yoshli futbolchini "matraschilar"ga sotishni istamayapti.
"Real" uchun muammo shundaki, "Atletiko" "Napoli"dan ko'ra, klubning moliyaviy talabalarini baarishga tayyor va Hames uchun 40 mln evro to'lamoqchi.
Hames Rodriges oxirgi mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazdi. Myunxenliklar uni 42 mln evroga sotib olishlari mumkin edi, ammo buni xohlamadilar.