"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor "Real Sosedad"da rasman faoliyatini davom ettiradi.
"Real Sosedad" matbuot xizamatiga ko'ra, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Edegor Gollandiya chempionatida "Vitesse" safida 39 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta golga muallifiga qildi.