"Real Madrid" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini rasman "Sevilya"da davom ettiradi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi "Sevilya" bilan 1 yillik ijara shartnomasi imzoladi, deya xabar beradi "Sevilya" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi La Ligada 14 ta o'yinda ishtirok etgan.