“Ayaks” yarimhimoyachisi Donni van de Bek “Real”ga o'tmoqchi emas, deya yozmoqda AS.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi “qirollik klubi”da zaxira futbolchisi bo'lib qolishdan qo'rqmoqda. Shuningdek, futbolchi xizmatiga 7ta klubdan takliflar bo'lyapti.
Shuningdek, “Real” futbolchining transfer narxi bo'yicha ham kelisha olmayapti. Madridliklar 50 million evro to'lashga tayyor, “Ayaks” esa futbolchini 65 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.