“Real Madrid” hujumchisi Garet Beyl faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining agenti Barnett Milan klubi vakillari bilan uchrashish uchun Italiyaga uchib ketdi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli fubolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi taxminan 60 million evroga baholanmoqda.