Madridning “Real” klubi himoyachisi Teo Ernandes katta ehtimol bilan faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotiga qaraganda, “Milan” 21 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan 20 mln evro evaziga ijaraga olishni kelishib oldi.
Chap qanot himoyachisi “rossenerlar” bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi va yilliga 1,8 mln evro maosh oladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Ernandes “Real Sosedad”da ijarada o'ynadi.