Yana bitta afsona jamoadan ketdi
"Madrid" afsonasi jahonning eng yaxshi himoyachisi Pepe rasman "Qirollik klubi" safini tark etdi. Portugaliyalik futbolchi bugundan boshlab erkin agentga aylandi. Kepler 2007-yil "Portu"dan 30 mln yevro evaziga Madridga ko'chib o'tgan edi. 10 yil davomida Pepe har mavsumda o'zining eng yuqori saviyasi ko'rsatib keldi.
Madridliklar tarkibida Pepe 3 marta Chempionlar Ligasi, KJCH (2), UEFA Superkubogi (2), La Liga (3), Qirol kubogi (2) va Ispaniya Superkubogi (2). O'tgan mavsumda u Portugaliya tarkibida Yevropa chempioniga ham aylandi, turnirning ramziy terma jamoasi tarkibidan joy olib, finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Pepe - har doim yosh himoyachilar uchun namuna bo'lib kelgan. Markaziy himoyachi xos bo'lgan qattiq qo'llik, har qanaqangi kurashga tayyor turish va raqibdan to'pni olib qo'yishda tengsiz bo'lgan. U "Madrid" tarbiyalanuvchisi emas, lekin Pepe - haqiqiy madridist. U doimo gol urganda "Real" ramzini o'puvchi so'nggi futbolchimiz edi.
Pepega 10 yillik xizmati uchun aynan saytimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Uning kelajak faoliyatiga zafarlar tilaymiz.
Xayr, Pepe! Gracias Pepe! Hammasi uchun rahmat!